1

O`zbekiston ShHT Ishbilarmonlar kengashi biznes-forumida ishtirok etmoqda

Siyosat 06.06.2018, 17:50
O`zbekiston ShHT Ishbilarmonlar kengashi biznes-forumida ishtirok etmoqda

Bugun 6 iyun kuni Xitoyning Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Ishbilarmonlar kengashining biznes-forumi boshlandi.

Forumda Shanxay hamkorlik tashkiloti tarkibiga kiruvchi 8 mamlakat – Xitoy, Rossiya, Hindiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Pokiston va Tojikiston qatorida O`zbekiston ishbilarmonlar kengashi vakillari ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar bermoqda.

Xalqaro anjuman Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar o`rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbir strategik aloqalarni yo`lga qo`yish, hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investisiyalarni jalb qilish, innovasiyalarni, kichik va o`rta biznesni rivojlantirishga bag`ishlangan ikkita plenar sessiya shaklida bo`lib o`tmoqda.

Unda O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov so`zga chiqdi.

Bugungi kunda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlarning tadbirkorlik sub`ektlari O`zbekistonning ko`pgina yangi sanoat korxonalarida, neft va gaz, telekommunikasiya, transport, to`qimachilik, turizm, qurilish, kimyo va boshqa sohalarida qo`shma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda. Biz ShHTga a`zo davlatlar bilan ko`p qirrali savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga ustuvor vazifa sifatida qaraymiz, dedi A.Ikromov.

Eslatib o`tamiz, Forum 9-10 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahrida bo`lib o`tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi cammiti doirasida o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1