1

Shavkat Mirziyoev Sindao shahrida bo`ladigan ShHT sammitida ishtirok etadi

Siyosat 06.06.2018, 20:19
Shavkat Mirziyoev Sindao shahrida bo`ladigan ShHT sammitida ishtirok etadi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 8—10 iyun kunlari Xitoyda bo`lib, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida o`tadigan o`n sakkizinchi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

ShHTga a`zo davlatlar rahbarlari ilk bor Hindiston va Pokistonning to`la huquqli a`zo sifatidagi ishtirokida yig`iladi, tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirishning istiqbolli yo`nalishlari, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investisiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikasiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalari hamda ko`p tomonlama kooperasiyaning boshqa jihatlarini muhokama qiladi.

Davlat rahbarlarining majlisi yakunida Sindao deklarasiyasi qabul qilinishi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo`yicha 2019—2021 yillarga mo`ljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qo`shnichilik, do`stlik va hamkorlik to`g`risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo`yicha 2018—2022 yillarga mo`ljallangan harakatlar rejasi, Yoshlarga qo`shma murojaat va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Fikr almashuvlardan so`ng 2018—2019 yillarda tashkilotga raislik qiladigan davlat to`g`risida qaror qabul qilish, keyingi uch yillik davrga ShHT bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo`mitasi direktori lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash ko`zda tutilmoqda.

O`zbekiston Prezidenti ShHT sammiti doirasida ikki tomonlama qator uchrashuv va muzokaralar o`tkazadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1