O`zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi Coca-Cola narxini nazorat qiladi.
Bu haqda qo`mita raisining birinchi o`rinbosari S.G`afforovga tayanib Podrobno nashri xabar bermoqda.
Qo`mita vakillari kompaniya o`z faoliyatini boshlaganini va sentyabr oyida mahsulot savdo rastalarida paydo bo`lishini tasdiqlashdi. Coca-Cola’ning standart, 1,5 litrli mahsulot narxi 4000 so`m atrofida etib belgilangan.