1

Shavkat Mirziyoevning ShHT sammitidagi kun tartibi ma`lum qilindi (video)

Siyosat 07.06.2018, 21:19
Shavkat Mirziyoevning ShHT sammitidagi kun tartibi ma`lum qilindi (video)

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 8-10 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida bo`lib o`tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining o`n sakkizinchi majlisi doirasida qator davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o`tkazadi.

Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonovning bildirishicha, Prezident Shavkat Mirziyoev Sindaoga 8 iyun kuni kechga yaqin etib keladi. Davlatimiz rahbari 9 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin hamda Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi.

Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitining asosiy tadbirlari 10 iyun kuniga belgilangan. Bu yilgi sammitning o`ziga xos tomoni shundaki, u ilk bor “sakkizlik” formatida bo`lib o`tadi.

Sindaoda tashkilotga a`zo mamlakatlar davlat rahbarlari avval tor doirada, keyin kuzatuvchi maqomidagi davlatlar etakchilari bilan birgalikda keng doirada muzokaralar o`tkazadi. Ushbu uchrashuvlarda siyosat, xavfsizlik, savdo, iqtisodiyot, investisiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Muzokaralar yakunida qator ko`p tomonlama hujjatlar imzolanadi.

Jumladan, Sindao deklarasiyasi qabul qilinishi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo`yicha 2019-2021 yillarga mo`ljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qo`shnichilik, do`stlik va hamkorlik to`g`risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo`yicha 2018-2022 yillarga mo`ljallangan harakatlar rejasi, Yoshlarga murojaat va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

2018-2019 yillarda tashkilotga raislik qiladigan davlat to`g`risida qaror qabul qilish, keyingi uch yillik davrga ShHT bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo`mitasi direktori lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash ko`zda tutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev shu kuni Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn hamda BMT rahbariyati bilan uchrashuv o`tkazishi ham rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1