Ikkinchi marotaba ayol kishi Markaziy Razvedka Boshqarmasi rahbari o`rinbosari etib tayinlandi, deya yozadi Newsweek nashri.
Ismi oshkor qilinmagan, razvedka boshqarmasi xodimi tashkilotning shtab-kvartirasida rahbar sifasida faoliyat ko`rsatgan. Ammo, hech qachon Yaqin Sharqda bo`lmagan. Aynan shu tufayli Afg`oniston, Iroq va Pokistonda xizmat qilgan MRB faxriylari o`z noroziliklarini bildirishmoqda.
“Bizga qiyin sharoitda ham murakkab vazifalarni bajara oladigan odamlar kerak. U esa ushbu ishlarni qilmagan”,-deydi tashkilot xodimlaridan biri.
1999 yil tashkilotning ishlab chiqarish bo`limi boshlig`i Jeyms Pevvitning yordamchisi etib ayol kishi tayinlangandi. 2002 yil esa uni aksilterror bo`limiga o`tkazishgan. Boshqarma xodimlaridan birining so`zlariga ko`ra, ayol hatto xaritadan Afg`onistonni topa olmagan.
Qolgan hamkasblar esa ayolning mexnatkashligini qayd etishmoqda.
Hozirda agentlikning bir qator yuqori lavozimlarida ayollar faoliyat yuritishmoqda. Masalan, bosh yurist, shtab rahbari, direktor o`rinbosari, direktor va razvedka boshlig`i vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimlarini aynan ayollar egallab turibdi.





