Poytaxtimizning Navoiy ko`chasida joylashgan “Chorsu” mehmonxonasi qayta ta`mirlanadi, deya xabar beradi Anons.uz nashri.
2014 yilning oxiriga qadar ayni masalada maxsus hukumat qarori qabul qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasining 7 avgustda bo`lib o`tgan press-konferensiyasida ma`lum qilindi.
Shuningdek, ushbu ob`ektdan foydalanish bo`yicha qator rejalarning mavjudligi hamda unga yangi ko`rinish berish borasida hukumat qarori qabul qilinishi haqida ham aytib o`tildi.
Eslatib o`tamiz, ushbu mehmonxona 1982 qurilgan bo`lib, bino 23 qavat hamda 452 nomerdan iborat.