Barchamizga ma`lumki, Qadr surasi Qur`onning nozil bo`lishi, Qadr kechasi haqidadir. Barcha suralarda bo`lganidek, ushbu surada ham e`joz (aqlni lol qilib, ojiz qoldiruvchi narsa) bordir. Bu e`joz shundan iboratki, ushbu sura Qur`onning juz`lariga, suralarning adadiga ishora qiladi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi sayti aytildi.
Qadr surasidagi harflarning soni 114 ta bo`lib, Qur`oni Karimdagi suralar soni ham 114 tadir. Qadr surasidagi kalimalarning soni 30 ta bo`lib, Qur`onning juz`lari 30 tadir.
Quyidagi jadvalda suraning kalimalarini alohida-alohida qilib tartib bilan terib chiqsak, ularning soni 30 ta ekanini ko`ramiz.
Quyidagi rasmda esa ushbu aytilganlar o`z aksini topgan bo`lib, kalimalarning raqami har bir kalima ostiga yozilgan bo`lib, 30 ta kalima borligi, harflarning raqami har bir harfning ustiga yozilgan bo`lib, 114 ta harf borligi aks etgan.