AsosiySiyosat

Abdulaziz Komilov EHXT bosh kotibi bilan uchrashdi

'Abdulaziz Komilov EHXT bosh kotibi bilan uchrashdi'ning rasmi

2018 yilning 11 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Tomas Greminger boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

T.Greminger va delegasiyasi a`zolari EXHT bilan o`tkaziladigan «Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etish uchun O`zbekistonga kelgan.

TIVdagi suhbat davomida EXHTning barcha uch o`lchamlarida hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Qayd etilganidek, amalga oshirilayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimi islohoti, shuningdek, ularning fuqarolar bilan muloqotga ochiqligi O`zbekistonni siyosiy rivojlanishning mutlaqo yangi darajaga olib chiqdi va EXHT bilan hamkorlikni kengaytirish uchun aniq imkoniyatlar yaratdi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi minbarida bildirgan tashabbuslarini tatbiq etish doirasida bugun Toshkent shahrida o`z ishini boshlayotgan xalqaro konferensiyaning mavzusi dolzarbligi ta`kidlandi. Bugungi kunda yoshlar insoniyatning ikki milliardli avlodi bo`lib, ertangi kunimiz, qolaversa sayyoramizning farovonligi ham ularga bog`liq.

Uchrashuvda 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo`lib o`tgan Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiya yakunlari nuqtai-nazaridan mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralarda EXHT loyihalarining O`zbekistondagi koordinatori Jon MakGregor ishtirok edi.

    Boshqa yangiliklar