AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Farg`onaga jo`nab ketdi

'Shavkat Mirziyoev Farg`onaga jo`nab ketdi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 11 iyun kuni Farg`ona viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Eslatib o`tamiz, Prezidentimiz 2017 yil 22-23 iyun kunlari Farg`ona viloyatiga tashrifi chog`ida qurilish-bunyodkorlik ishlarini keng ko`lamda davom ettirish, turizm, sanoat, qishloq xo`jaligi, xizmat ko`rsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida viloyatda keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi. Yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub`ektlari tashkil etildi. Mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi oshdi. Zamonaviy uy-joylar, infratuzilma ob`ektlari bunyod etildi.

Prezidentimiz navbatdagi tashrifi davomida yangi loyihalar bilan tanishishi, tadbirkor va investorlar hamda aholi vakillari bilan uchrashishi ko`zda tutilgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha galdagi muhim vazifalar belgilab olinadi.

    Boshqa yangiliklar