Poytaxtimizdagi “Chinni bozor”da yong`in sodir bo`ldi. Feysbukdagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari voqea joyidan suratlarni joylashdi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in kechasi soat 3 larda yuzaga kelgan, bozorning katta qismiga jiddiy zarar etgan. Uz24.uz nashrining xabariga ko`ra, hozirda yong`in o`chirilgan. Voqea joyida qutqaruv xizmati ishlamoqda. Hozircha yong`in sabablari aniqlanmagan.