AsosiyJamiyat

Toshkent hayvonot bog`ida uchta Amur yo`lbarschalari dunyoga keldi

Bugun Toshkent hayvonot bog`ida bundan 40 kun oldin dunyoga kelgan uchta Amur yo`lbarschalari ilk bor fotossessiya qilindi. “Bolakaylar”ga Osiyo, Sherxon hamda Sulton deb nom berildi. Bu haqda Podrobno.uz nashri xabar beradi.

Yo`lbarschalar mutaxassislar nazoratidan o`tishdi. Ma`lumotlarga qaraganda, ushbu yo`lbarslarning uzunligi 3,8 metr, og`irligi esa 250 kilogrammga etadi. Ular Uzoq Sharq, Amur va Ussuri daryolari bo`ylarida shuningdek, Xitoy va Shimoliy Koreya hududida yashaydi.

Eslatib o`tamiz, ushbu yo`lbarslar Qizil kitobga kiritilgan, yovvoyi tabiatda 500 ga yaqin Amur yo`lbarsi qolgan. 

    Boshqa yangiliklar