AsosiyJamiyat

Toshkent hayvonot bog`ida yana bir tuyaqush halok bo`lishiga oz qoldi

19 iyul kuni Toshkent hayvonot bog`ida 13 yoshli bolakay plastik stakanni Afrikadan keltirilgan tuyaqushga otgan va tuyaqush uni yutib yuborgan. Bu holat qushning o`limiga olib kelishi ham mumkin edi.

Shundan so`ng ikki hafta davomida tuyaqush hayvonot bog`i xodimlari nazorati ostida bo`ldi va xavf muvaffaqiyatli bartaraf etildi.

Hayvonot bog`i matbuot xizmati xabar berishicha, voqeadan ko`p o`tmay yana bir tashrif buyuruvchi tuyaqushlarga karam o`zagini uloqtirdi. Uni yutib borgan tuyaqush kizilo`ngachida   karam tiqilib qolgan. Yaqin atrofda bo`lgan xayvonot bog`i xodimining harakati bilan jonivor hayoti saqlanib qolgan.

    Boshqa yangiliklar