1

Futbol bo`yicha jahon chempionati raqamlarda

Sport 14.06.2018, 12:52
Teglar: Jahon chempionati
Futbol bo`yicha jahon chempionati raqamlarda

Jahon birinchiligi Xalqaro futbol federasiyasi (Federation Internationale de Football Association) – FIFA shafeligida 4 yilda bir marta o`tkaziladi. Hozirga qadar muxlislar 20 chempionatning guvohi bo`ldi. 14 iyun-15 iyul kunlari Rossiyada 15-birinchilik boshlanadi.

Chempionlik kubogini qo`lga kiritish bo`yicha rekord Braziliyaga tegishli bo`lib, bu mamlakat futbolchilari besh marta shohsupaga chiqqan (1958, 1962, 1970, 1994, 2002). Shu bilan birga Braziliya barcha jahon chempionatlarining final bosqichlarida qatnashgan yagona mamlakat sanaladi.

Jahon chempionlari ikki martagina o`z maqomini himoya qilib, ketma-ketma shohsupaga ko`tarilgan. Bular Italiya (1934, 1938) va Braziliyadir (1958, 1962). Hech bir terma jamoa uch bor ketma-ket chempionlikni qo`lga kirita olmagan.

1942 va 1946 yillarda bellashuvlar o`tkazilmagani tufayli Italiya 16 yil davomida (1934-1950) chempion bo`lib kelgan.

Finalga chiqib mag`lub bo`lganlar orasida Germaniya birinchi o`rinda turadi (4 marta).

Jahon chempionatlarida Germaniya eng ko`p (106), Indoneziya eng kam (1) uchrashuvlarda qatnashgan.

Eng ko`p g`alabani Braziliya qo`lga kiritgan (70), Meksika esa eng ko`p mag`lubiyatga uchragan (24).

Bir turnir davomida eng ko`p gol urgan terma jamoa Vengriyaga tegishli. Uning o`yinchilari 1954 yilgi chempionatda 27 gol urgan.

2006 yilgi chempionatda Shveysariya birorta ham gol o`tkazmay, rekord qo`ydi. Umuman olganda esa, darvozani uzoq vaqt “quruq” saqlash bo`yicha Italiya terma jamoasining darvozaboni Valter Dzengaga teng keladigan yo`q. 1990 yilgi turnirda u 517 daqiqa davomida darvozani “ozoda” saqlay olishga muvaffaq bo`lgan.

Bir turnir davomida eng ko`p gol o`tkazgan jamoa Janubiy Koreyanikidir. Bu jamoa 1954 yilgi bahslarda ikki o`yindayoq 16 marta o`z darvozasidan to`p olib chiqqan.

Chempionat qatnashchilari orasida eng ko`p sovrindor bo`lgan futbolchi, albbatta, mashhur Peledir. U uch marta chempion bo`lgan (1958, 1962, 1970).

Meksikalik Antonio Karbaxal i germaniyalik Lotar Matteus — bir yo`la besh chnempionatda qatnashgan. Joriy yilda meksikalik Rafael Markes ular safidan joy olishi mumkin — Rossiyadagi chempionatga uning “ob`ektivkasi” jo`natilibdi.

Chempionatda qatnashgan eng yosh futbolchi Shimoliy Irlandiya vakili Norman Uaytsayddir. 1982 yili Ispaniyada bo`lgan chempionatda maydonga tushganida u 17 yashar va 41 kunlik “bola” edi. Eng yoshi ulug` o`yinchi, shubhasiz, kamerunlik Roje Milladir. 1994 yili u 42 yoshida (yana 39 kun) Rossiyaga qarshi bahsda maydonga tushgan. Shu o`yinning o`zida eng yoshi ulug` gol muallifi ham bo`lgan. Gol mualliflari orasida eng yoshi esa Peledir. U 1958 yili 17 yoshu 239 kunlik chog`ida Uels darvozasiga to`p kiritgan.

Jahon chempionati final bosqichlarining eng yaxshi to`purari germaniyalik hujumchi Miroslav Kloze bo`lib, 2002-2014 yillar davomida 16 golga mualliflik qilgan. Alohida olingan turnirda to`purarlik rekordi esa fransiyalik Jyust Fontenga tegishli. U 1958 yilgi bahslarda 13 gol muallifi bo`lgan.

Rossiyalik hujumchi Oleg Salenko bir o`yinda beshta gol urib qo`ygan rekordni hali hech kim yangilay olgani yo`q. 1994 yilda u kamerunliklarni qattiq qaqshatgan edi. Angliyalik Jeffri Hyorst esa finalda xet-trikka erishgan yakkayu yagona futbolchi bo`lib qolmoqda (1966).

Eng tez gol urgan o`yinchi turkiyalik Hoqon Shukurdir. U 2002 yili 3-o`rin uchun bahsda Janubiy Koreya darvozasiga to`p kiritganda o`yin boshlanganiga 11 soniya bo`lgan edi, xolos.

Bir o`yinda eng ko`p gol urish borasida vengriyaliklarga hozircha hech kim tenglasha olgani yo`q. 1982 Vengriya Salvadorni 10:1 hisobi bilan mag`lubiyatga uchratgan edi. Eng “serhosil” o`yin esa 1954 yili Avstriya bilan Shveysariya o`rtasida bo`lib o`tgan, unda 7:5 hisobi qayd etilgan.

Darvozabonlar orasida o`yinlarni ketma-ket “nol” bilan yakunlash bo`yicha angliyalik Piter Shilton va fransiyalik Faben Bartez rekord o`rnatgan (10 marta). Meksika va Saudiya Arabistoni darvoza posbonlari Antonio Karbaxal va Muhammad ad-Diayya hammadan ko`p ko`p gol o`tkazgan (25).

O`z jamoasini ikki bor chempion qilgan yakkayu yagona murabbiy italiyalik Vittorio Possodir (1934, 1938). Germaniya jamoasi murabbiysi Helmut Shyon trener sifatida eng ko`p o`yin o`tkazgan. U jamoani 25 marta maydonga olib chiqqan.

Braziliyalik Mario Zagallo turli maqomda – ikki marta o`yinchi, bir marta murabbiy va bir marta murabbiy yordamchisi sifatida to`rt karra jahon chempioni bo`lgan. Germaniyalik Frans Bekkenbauer ham o`yinchi va murabbiy sifatida ikki marta chempion bo`lgan.

“Hosildorlik”ka keladigan bo`lsak, golga eng boy chempionat 1954 yili Shveysariyada o`tgan. O`shanda bir o`yinda o`rtacha 5,38 gol urilgan. 1990 yili Italiyada bo`lgan chempionatda “qurg`oqchilik” kuzatilgan – bir o`yinga o`rta hisobda atigi 2,21 gol to`g`ri kelgan.

Muxlislar soni bo`yicha 1994 yili AQShda o`tgan chempionat birinchi o`rinda turadi. O`shanda bir o`yinga o`rtacha 68 ming 991 tomoshabin kirgan. Alohida uchrashuvdagi muxlislar soni bo`yicha esa Rio-de-Janeyrodagi “Marakana”ga teng keladigan yo`q. 1950 yili bu erda Braziliya bilan Urugvay o`rtasidagi hal qiluvchi bellashuvni qariyb 200 ming odam tomosha qilgan.

Sharhlar

O`zbekiston terma jamoasi Falastinni engib, guruhda yana peshqadam bo`lib oldi

19.11.2019, 19:16

 Futbol bo`yicha Qatarda bo`lib o`tadigan jahon chempionati bahslariga saralash bosqichida ishtirok etayotgan O`zbekiston terma jamoasi uchinchi g`alabasiga erishdi.Falastin terma jamoasini qabul qilgan o`zbekistonliklar 17 va...
Jahon chempionatining siz ko`rmagan 25 lahzasi

16.07.2018, 10:26

Jahon chempionati ham yakunlandi. O`zA ana shu turnirning eng esda qolarli lahzalarini taqdim etdi.1. Kolumbiyaning yashirin quroli - Mina.2. Gollivud yulduzining navbatdagi "rol"i.3. Belgiya tarixiga...
Luka Modrich - Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi!

16.07.2018, 09:28

FIFA 2018 yilgi mundialning eng yaxshi futbolchilari nomini e`lon qildi.Xorvatiyalik Luka Modrich Jahon chempionatining "Oltin to`pi"ga loyiq ko`rildi. Eden Azar kumush, Grizmann bronza to`pga ega...
Fransiya - jahon chempioni!

16.07.2018, 09:23

JCh-2018 finali doirasidagi Fransiya - Xorvatiya uchrashuvi bo`lib o`tdi.JCh-2018. FinalFransiya - Xorvatiya 4:2 15 iyul. Moskva, "Lujniki" stadioni.Hakamlar: Nestor Pitana, Ernan Maydana, Xuan Belatti (uchalasi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1