1

Futbol bo`yicha jahon chempionati – kichik maydondagi katta dunyo

Sport 14.06.2018, 20:39
Teglar: Jahon chempionati
Futbol bo`yicha jahon chempionati – kichik maydondagi katta dunyo

Rossiyada futbol bo`yicha jahon chempionati boshlandi

Shu munosabat bilan Rossiyaga xorijiy davlatlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, FIFA va uning mintaqaviy tashkilotlari mutasaddilari, ishtirokchi davlatlar terma jamoalari a`zolari, murabbiylar, hakamlar, faxriy mehmonlar, minglab futbol muxlislari yig`ilgan, qo`yingki, butun dunyoning nigohi u erga qaratilgan.create

Boshqa sport turlarini aslo kamsitmagan holda ta`kidlash joizki, futbol bo`yicha jahon chempionatining o`zgacha shukuhi, hayajoni, sehri borday. Nega, desangiz, hammamiz bolaligimizda xoh maktabda, xoh mahallada bir marta bo`lsa ham to`p tepganmiz. Deyarli hammamiz bolaligimizda sovg`a sifatida to`p olganmiz. Futbol – bolaligimizning ajralmas qismi, eski qadrdon. Shu bois, futbolga qiziqqan har bir kishi o`z Vatani terma jamoasi qatnashmasa-da jahon chempionatini hayajon bilan tomosha qiladi. O`zi muxlislik qiladigan jamoaning g`alabasidan quvonadi, mag`lubiyatidan xafa bo`ladi.

Hatto, futboldan xalqlar, davlatlar o`rtasidagi nizolarni hal qilish, dunyoda tinchlik o`rnatish yo`lida ham muhim vosita sifatida foydalanilgani bor gap. 2006 yilgi jahon chempionati paytida BMTning o`sha paytdagi Bosh kotibi Kofi Annan va FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter ishtirokchilarga qo`shma murojaat yo`llab, unda futbolchilar va muxlislardan Mingyillik deklarasiyada ilgari surilgan rivojlanish maqsadlariga erishish uchun BMTning sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlashga chaqirgan.

Jumladan, murojaatda: "Keyingi bir necha hafta davomida dunyodagi milliardlab insonlarning diqqat-e`tibori jahon chempionatiga qaratilishidan foydalanib, biz futbolchilar va barcha muxlislarni maqsadlarimizga erishishishda bizni qo`llab-quvvatlashini so`raymiz. Kelinglar, futbolning sehrli kuchidan rivojlanish va tinchlik uchun kurash yo`lida foydalanaylik”, deb yozilgan.

Qashqadaryolik Burxon aka degan matematika o`qituvchisi bor. Futbolning ashaddiy ishqibozi. Qaysi yili qaysi davlat nechinchi o`rinni olgan, gollarni kimlar nechinchi daqiqada urgan, qay tarzda raqib darvozasiga kiritgan – hammasini aniq aytib beradi. Ayniqsa, Gollandiya terma jamoasining sodiq muxlisi. Qaysidir yili gollandlar mag`lubiyatga uchraganda huddi o`zi yutqazganday ho`ng-ho`ng yig`laganini aytgandi. Shu akamiz bir kuni: “O`zim matematik bo`lsam ham, geografiyani suvday ichganman. Buning uchun futboldan minnatdorman”, degandi. Yashirmayman, o`zim ham 2002 yili Yaponiya va Janubiy Koreyada o`tgan jahon chempionatidagina Afrikada Senegal, degan davlat borligini bilganman. O`sha yili Senegal terma jamoasi o`zining ajoyib o`yinlari va g`alabalari bilan butun dunyoni hayratga solgandi.

Har davrning o`z futbol yulduzi bo`lgani singari, har bir muxlisning o`z futbolchisi bor. Otalarimiz Maradona, Garrinchalar davrida ulg`aygan bo`lsa, bizlar Ronaldo, Rivaldo, Ronaldino, Zayniddin Zidan, Terri Anri, Faben Bartez, Devid Bekxem, Maykl Ouen, Rud van Nistelroy, Paolo Maldini, Oliver Kan, Hoqon Shukur kabi o`z davrining mohir futbolchilarining o`yinlarini ko`rib voyaga etdik. Bugun esa Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Muhammad Saloh, Neymar kabi o`nlab, yuzlab futbol yulduzlari o`z o`yin uslublariyu chiroyli gollari bilan futbol sahnasida yorug` sochmoqda.

Hamyurtimiz Ravshan Ermatovning 2010 yili Janubiy Afrika Respublikasi va 2014 yili Braziliyada o`tkazilgan futbol bo`yicha jahon chempionatlarida ketma-ket ishtirok etgani barchamizga birdek g`urur-iftixor bag`ishlagan edi. 2010 yilgi chempionatning ochilish marosimi va to`rtta uchrashuvni a`lo darajada boshqarib, dunyoga O`zbekiston sportchilarining salohiyati va qudratini namoyon etgan o`zbek hakami Braziliyadagi mundialda jami to`rtta uchrashuvni muvaffaqiyatli boshqardi. R.Ermatov hakamlik faoliyati davomida jahon chempionatlari final bosqichida eng ko`p – 9 uchrashuvni boshqarib, dunyo rekordini o`rnatdi.

Biz bularni nima uchun sanab o`tayapmiz? Demoqchimizki, har birimizning o`z futbol yulduzimiz bo`lgan va ularday bo`lishga intilganmiz. Ular quvonsa, quvonganmiz, ular yig`lasa, yig`laganmiz. Futbol kimdandir ibrat olishga, kimningdir yaxshi tomonini ko`rishga o`rgatadi. Futbol tuyg`ularni tarbiyalaydi.

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) tomonidan tashkil etiladigan har to`rtyillikning nufuzli musobaqasida bu yil dunyoning 209 davlatdan saralangan eng kuchli 32 davlat terma jamoasi g`oliblik uchun bahslashadi. Unda FIFA referisi Ravshan Ermatovning hakamlik qilishi esa barchamizni birdek quvontirmoqda.

Bir oy davomida dunyoning eng kuchli terma jamoalari, eng kuchli futbolchilari millionlab muxlislar uchun unutilmas lahzalarni hadya etishi shubhasiz.

Bayram Aytmurodov, O`zA

Sharhlar

O`zbekiston terma jamoasi Falastinni engib, guruhda yana peshqadam bo`lib oldi

19.11.2019, 19:16

 Futbol bo`yicha Qatarda bo`lib o`tadigan jahon chempionati bahslariga saralash bosqichida ishtirok etayotgan O`zbekiston terma jamoasi uchinchi g`alabasiga erishdi.Falastin terma jamoasini qabul qilgan o`zbekistonliklar 17 va...
Jahon chempionatining siz ko`rmagan 25 lahzasi

16.07.2018, 10:26

Jahon chempionati ham yakunlandi. O`zA ana shu turnirning eng esda qolarli lahzalarini taqdim etdi.1. Kolumbiyaning yashirin quroli - Mina.2. Gollivud yulduzining navbatdagi "rol"i.3. Belgiya tarixiga...
Luka Modrich - Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi!

16.07.2018, 09:28

FIFA 2018 yilgi mundialning eng yaxshi futbolchilari nomini e`lon qildi.Xorvatiyalik Luka Modrich Jahon chempionatining "Oltin to`pi"ga loyiq ko`rildi. Eden Azar kumush, Grizmann bronza to`pga ega...
Fransiya - jahon chempioni!

16.07.2018, 09:23

JCh-2018 finali doirasidagi Fransiya - Xorvatiya uchrashuvi bo`lib o`tdi.JCh-2018. FinalFransiya - Xorvatiya 4:2 15 iyul. Moskva, "Lujniki" stadioni.Hakamlar: Nestor Pitana, Ernan Maydana, Xuan Belatti (uchalasi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1