AsosiyJamiyat

O`zbekistondan Janubiy Koreyaga Afrika hayvonlarini olib kirish taqiqlandi

Janubiy Koreya karantin xizmatining talabiga muvofiq va Ebola virusi tarqalishi munosabati bilan ushbu mamlakatga Afrika hayvonlarini olib kirish taqiqlandi. Bu haqda “O`zbekiston havo yo`llari” MAK matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o`tamiz, Joriy  yilning 27 iyunidan Janubiy Koreyaga qovun va ho`l mevalar olib kirish taqiqlangandi.

Qayd qilamiz, 8 avgust kuni Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Ebola virusini xalqaro ahamiyatdagi xavf ekanligini e`lon qildi.

 JSSTning ma`lumotiga ko`ra, Ebola virusi oqibatida halok bo`lgan soni hozirda  mingdan oshgan, dunyo bo`ylab 1900 nafar bemorga ushbu tashhis qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar