1

Rossiya jahon chempionatini yirik hisobdagi g`alaba bilan boshladi

Sport 15.06.2018, 09:53
Teglar: Video, Jahon chempionati
Rossiya jahon chempionatini yirik hisobdagi g`alaba bilan boshladi

JCh-2018 musobaqasining ochilish uchrashuvida Rossiya terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvda mezbonlar yirik — 5:0 hisobida g`alaba qozondi. O`yinning 12-daqiqasida Yuriy Gazinskiy Aleksandr Golovinning uzatmasidan gol kiritib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo`lim yakunida Denis Cherishev raqib jarima maydoni ichida qulay pasni qabul qilib oldi va himoyachilarni chalg`itgan holda jamoasining ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo`lim boshida maydon egalari bosimni biroz kamaytirishdi va bu o`yin tezligiga o`z ta`siri o`tkazdi. 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushganiga ko`p bo`lmagan Artyom Dzyuba boshi bilan darvozani ishg`ol qilib, hisobni 3:0 ko`rinishiga olib keldi.

Hakam tomonidan qo`shib berilgan daqiqalarda Denis Cherishev va Aleksandr Golovin yana bir martada gol kiritib, Rossiya terma jamoasining 5:0 hisobidagi g`alabasini ta`minladi.

Ushbu guruhdagi Misr va Urugvay terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv ertaga, 15 iyun kuni bo`lib o`tadi. O`yin Toshkent vaqti 17:00 da boshlanadi.
Ertaga “V” guruhida birinchi tur uchrashuvlari ham bo`lib o`tadi. Jumladan, soat 20:00 da Marokash — Eron uchrashuvi boshlansa, 23:00 da Ispaniya — Portugaliya uchrashuviga start beriladi.

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1