Bugun “S” va “D” guruhidagi barcha termalar o`z o`yinlarini o`tkazishadi.
Birinchi o`yin “S” guruhi vakillari Fransiya va Avstraliya o`rtasida o`tadi.
O`yinning bosh hakami Andres Chunha. Uchrashuv Kazan arenada bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.
Ikkinchi o`yinda esa “D” guruhidagi termalar kuch sinashadi. Unda Messi va jamoadoshlari Islandlarni imtihondan o`tkazishadi.
Bosh hakam Simon Marchinyak. O`yin 18:00 da Spartak stadionida boshlanadi.
Soat 21:00dan boshlab “S”dagi ikkinchi o`yin Peru hamda Daniya termalari uchrashuvini tomosha qilishingiz mumkin. O`yin Saranskdagi Mordoviya arenada bo`lib o`tadi. Bosh hakam Gassama Bakari.
“D” guruhidagi eng qiziqarli o`yin hisoblanayotgan Xorvatiya hamda Nigeriya o`yini tungi soat 0:00ga belgilangan.
Kaliningradda o`tkaziladigan ushbu o`yinga Sandro Richchi boshchiligidagi hakamlar guruhi tayinlangan.
Hozir FIFA ushbu o`yin uchun taqdim etgan tahminiy tarkiblarni havola etamiz.
Xorvatiya: Daniel Subashich, Shime Vrsalko, Domogoy Vida, Deyan Lovren, Ivan Strinich, Luka Modrich, Ivan Rakitich, Ivan Perishich, Andrey Kramarich, Ante Rebich, Mario Mandjukich.
Bosh murabbiy: Zlatko Dalich
Nigeriya: Frensis Uzoho, Brayan Idovu, Abdulloh Shehu, Kannet Omeru, Uilyam Troost-Ekong, Vilfred Ndidi, Ogenekaro Etebo, Viktor Mozes, Aleks Ivobi, Jon obi Mikel, Odion Igalo
Bosh murabbiy: Gernot Ror






