Qozog`istonning Jambul viloyatida yo`lovchi poezdining bir necha vagoni izidan chiqib ketgan va ag`darilib tushdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Ostona—Olmaota" yo`nalishida harakatlanayotgan "Bayterek" poezdi tarkibida jami 20ta vagon bo`lgan. Halokat oqibatida ularning 6tasi yoniga qulab tushgan. Uch kishi jarohatlangan bir o`smir vafot etgan. Jarohatlanganlar tuman kasalxonasiga yuborildi”, — deb xabar qildi Jambil viloyati FVV matbuot xizmati RIA Novostiga.
Voqea joyidan olingan videolavhada yoniga ag`darilib tushgan poezd vagonlaridan sakrab tushayotgan yo`lovchilarni ko`rish mumkin.






