AsosiySport

JCh-2018. Germaniya mundialni mag`lubiyat bilan boshladi, Braziliya Shveysariyani enga olmadi

'JCh-2018. Germaniya mundialni mag`lubiyat bilan boshladi, Braziliya Shveysariyani enga olmadi'ning rasmi

Futbol bo`yicha jahon chempionatining to`rtinchi kuni kutilmagan natijalarga boy bo`ldi, deb xabar bermoqda "Olamsport" nashri. Navbatdagi o`yinida Germaniya Meksika terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi

Germaniya – Meksika 0:1

17 iyun, 20.00, «Lujniki»

Gol
: 0:1 – 35 Losano.

Germaniya – Noyer, Boateng, Plattenxardt (Gomes, 79), Kimmix, Xummels, Xedira (Roys, 60), Kroos, Ozil, Draksler, Verner (Brandt, 86), Myuller.

Meksika –Ochoa, Moreno, Ayyala, Salsedo, Layyun, Errera, Galyardo, Vela (Alvares, 58), Guardado (Markes, 74), Losano (Ximenes, 66), Ernandes.

Ogohlantirishlar: Moreno (40), Myuller (83), Xummels (84), Errera (90).


Braziliya terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichining ilk uchrashuvida Shveysariya bilan durang qayd etdi (1:1).

Shu tariqa, jamoa 1978 yildan beri birinchi marta jahon chempionatlari start o`yinida g`alaba qozona olmadi. Ular JCh-1978da Shvesiya bilan 1:1 hisobida durang o`ynashgan edi.

Ma`lumot uchun, Braziliya terma jamoasi guruhdagi keyingi bahslarini Kosta-Rika va Serbiyaga qarshi o`tkazadi.

Braziliya - Shveysariya 1:1

Gol: Koutino 20 - Suber 50.

Braziliya: Alison Beker, Tyago Silva, Miranda, Marselo, Danilo, Kasemiro (Fernandino 60), Filippe Koutino, Paulino, Villian, Gabriel Jezus (Firmino 80), Neymar.

Shveysariya: Yan Zommer, Stefan Lixtshtayner (Lang 87), Manuel Akanji, Rikardo Rodriges, Fabian Sher, Granit Jaka, Valon Bexrami (Zakariya 71), Stiven Suber, Blerim Jemayli, Sherdan Shakiri, Xaris Seferovich (Embolo 80).

Ogohlantirishlar: Kasemiro 47 - Lixtshtayner 31, Sher 65, Bexrami 68.

    Boshqa yangiliklar