Buyuk Britaniyalik Rebekka Smit sevimli itining klonini yaratishni orzu qilardi. Zamonaviy texnika yordamida u ushbu orzusiga erishdi, deya xabar beradi news.ykt.ru nashri.
Rebekka Smit itining bevaqt o`limidan cho`chigani sababli, uning klonini yaratish iltimosi bilan olimlarga murojaat qilgan. 90 ming AQSh dollari evaziga bu jarayon Janubiy Koreyada amalga oshirildi. Klonlashtirish biroz qimmatga tushdi, ammo Rebekka Smit maxsus tanlovda ishtirok etib, sovrin egasiga aylandi. Natijada u klonlashtirish uchun sarf etgan pulini yutib oldi.