“Surxon” futbol klubning bosh murabbiyi Dilshod Nuralievning o`rniga Igor Shkvirin tayinlandi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi. Ma`lumot o`rnida aytib o`tamiz, Igor Shkvirin murabbiylik faoliyatini “Qizilqum” klubida boshlagan. Keyinchalik u ma`lum muddat “So`g`diyona” va “Olmaliq” jamoalarida ishladi.
2016 yildan hozirga qadar esa Bekobodning “Metallurg” jamoasida seleksioner murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.






