AsosiySport

Mundial anonsi: Bugun guruh o`yinlarining birinchi turiga yakun yasaladi, ikkinchi tur start oladi

'Mundial anonsi: Bugun guruh o`yinlarining birinchi turiga yakun yasaladi, ikkinchi tur start oladi'ning rasmi

Bugun Rossiya mamlakati stadionlarida davom etayotgan Jahon chempionati guruh o`yinlarining birinchi turiga yakun yasaladi. Rossiya va Misr uchrashuvi bilan esa ikkinchi turga start beriladi.

Dastlab Jahon chempionatining so`nggi – “N” guruhining ikki o`yini bo`lib o`tadi. Saranskdagi «Mordoviya Arena» stadionida Kolumbiya va Yaponiya o`zaro hisob-kitob qilishadi. Uchrashuvni sloveniyalik Damir Skomina boshqaradi.

Guruhdagi Polsha va Senegal o`rtasida o`yinga Moskvaning “Spartak” stadioni mezbonlik qiladi. Bahraynlik Navaf Shukralla bosh hakam sifatida ishlaydi.

Kunning so`nggi uchrashuvi Rossiya va Misr termalari o`rtasida kechadi. Xabaringiz bor, chempionat mezboni birinchi turda Saudiya Arabistoni darvozasiga javobsiz beshta gol yo`llab, hozircha turnirning eng yirik hisobini qayd etib turibdi. Misr esa bugunning yulduzi Muhammad Salohsiz Urugvay termasiga qarshi maydonga tushib, bitta to`p farqi bilan mag`lubiyatga uchragandi. Bu gal Saloh asosiy tarkibdan joy olishi e`lon qilindi.

Kolumbiya – Yaponiya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi. Polsha – Senegal o`yini 20:00da, Rossiya – Misr termalari bahsi esa 23:00 da boshlanishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar