Ispaniya qiroli FilippVI ning kuyovi, gandbol bo`yicha olimpiada chempioni Inyaki Urdangarin 5 yilu 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Unga qamoq jazosini o`tash uchun mamlakatdagi ixtiyoriy qamoqxonani tanlash imkoniyati berilgan.
Iyanki Urdangarin o`z hoxishi bilan Avila provinsiyasidagi ayollar qamoqxonasiga olib kelingan. Unga soliq to`lashdan bosh tortish va moliyaviy firibgarlik kabi ayblovlar qo`yilgan.
Aviladagi Brivevqamoqxonasi Madrid shahriga yaqin bo`lib,Urdangarinning rafiqasi malika Kristinaning tashrifiga oson bo`lishi uchun tanlangan.Bundan avval qirollik oilasi vakillarijurnalistlardan va keng ommadanyashirinish maqsadida o`z oilasi bilan Jenevada yashirinib yurgani xabar qilingan edi.Biroq sudning qat`iy chaqiruviga binoan u Madridga etib kelgan.
Sud uni bir necha modda bo`yicha aybdor deb topgach, besh yilu o`n oyga ozodlikdan mahrum etdi. Sud jarayoni nihoyasiga etib, hukm chiqarilgach, unga o`z ixtiyori bilan qamoqxonaga borish uchun 5 kun muhlat berilgan.
U o`tgan yili nodavlat-notijorat Noos jamg`armasi orqali Xayriya tadbirlarini o`tkazish uchun millionlab evro mablag`ni o`z hisobiga o`tkazgan. Biroq tadbirlarning hech biri tashkil etilmagan va o`tkazilmagan.






