Indoneziyaning Sumatra orolidagi Toba ko`lida bortida 80 kishi bo`lgan kema halokatga uchradi, deb xabar berdi TASS nashri.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida hozircha faqatgina 18 kishi qutqarilgan. Yana bir jasad suvdan olib chiqilgan.Bedarak yo`qolganlarni qidirish va qutqarish ishlariga 100 dan ortiq polisiya xodimlari jalb qilingan.
Noqulay ob-havo sharoiti esajarayonlarni yanada sekinlashtirmoqda.






