AsosiyDunyo

Melaniya Tramp turmush o`rtog`ining migrasiya siyosatini tanqid qildi

'Melaniya Tramp turmush o`rtog`ining migrasiya siyosatini tanqid qildi'ning rasmi

AQSh prezidentining rafiqasi turmush o`rtog`i Donald Tramp ma`muriyatining migrasiya siyosatini tanqid qildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Bu haqda uning vakili Stefani Grishem ma`lum qildi.

“Tramp xonim bolalarning oilasidan judo bo`layotganligiga jim qarab turolmaydi. Birinchi xonim Amerika hukumatining migrasiya islohotini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishiga umid qilmoqda. Melaniyaning fikricha, AQSh hukumati barcha qonunlarga rioya qilgan holda insonlar qalbiga ham quloq tutadi”.

Iyun oyining boshida BMT AQSh hukumatini janubiy chegaralardagi noqonuniy muhojirlar oilasini ushlash va bir-biridan ajratishga chek qo`yishga chaqirgan edi.

AQSh migrasiya qonunlariga asosan mamlakatga noqonuniy ravishda kirib kelgan muhojirlar avval federal marshallar qo`liga tushadi, keyinchalik sudga yuboriladi. Bunday paytda muhojirlarning farzandlari ota-onasidan olib qo`yilib, qochoqlarni joylashtirish bilan shug`ullanuvchi boshqarma ixtiyoriga yuboriladi. Ular keyinchalik amerikalik qarindoshlariga yoki mehribonlik uylariga topshiriladi.

    Boshqa yangiliklar