O`zbekiston parlamenti — Oliy Majlisning yuqori palatasi — Senat Islom Karimov ko`chasida joylashgan Tashqi ishlar vazirligi binosiga ko`chmoqda. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar qildi.
Tashqi ishlar vazirligi esa, Xalq bankining bosh qarorgohi (Toshkent shahri hokimiyatining sobiq binosi)ga joylashadi.
Bundan avval, O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi boshqa joyga ko`chayotgani munosabati bilan uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va asosiy veb-sahifasida uzilishlar bo`lishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.