2014 yilning ikkinchi choragida Dubayning Palm Jumeirah sun`iy orolida sotilgan eng qimmat villa bahosi 16 million AQSh dollariga teng bo`ldi, deya xabar beradi Emirates 24/7 nashri.
Joriy yilning ikkinchi choragida ushbu orolda villa oldi-sotdi kelishuvlari miqdori 60 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Xabarda yozilishicha, xaridorlarning aksariyatini naqd pul bilan to`lashga tayyor bo`lgan Rossiya, Eron va Hindiston fuqarolari tashkil etadi.
2014 yilning birinchi choragida Palm Jumeirah orolidagi sotilgan eng qimmat villa bahosi 12 million AQSh dollariga teng bo`lgandi. Konsalting agentliklarning bashoratiga ko`ra, 2014 yil Dubayda turar-joy narxlari 10-15 foizga qimmatlashadi.