AsosiyJamiyat

Jahongir Ortiqxo`jaev: "Shaharda buzilish ishlari pala-partish olib borilmoqda"

'Jahongir Ortiqxo`jaev: "Shaharda buzilish ishlari pala-partish olib borilmoqda"'ning rasmi

“Eng katta muammolardan biri Toshkent shahar bosh rejasining yo`qligi va uning ochiq emasligi”, - deydi Toshkent shahar hoimi v.b Jahongir Ortiqxo`jaev.

Hokim shaharning bosh rejasi ochiq emasligi tadbirkorlarga o`z mulkini himoya qilishga imkon bermayotgani va ular ertasiga ishonmayotganlarini ochiq tan oldi, deb yozmoqda O`zA.

“Toshkent shahrida buzilish va ko`chirish ishlarining pala-partish olib borilishi mulkdorlarning o`z mulkini himoya qilishga imkon bermaydi. Investorlarga reja asosida ishlashga imkoniyat berilmaydi. Shaharning o`rta va uzoq muddatli strategiyasi yo`q. Iqtisodiy-ijtimoiy rejalar har yili tasdiqlanib chiqiladi. Bu esa uzoq muddatli rejalarni tuzishga imkoniyat bermaydi. Shahrimiz rivojida tenglik yo`q. Aksariyat sifatli xizmatlar uchun aholi shahar markaziga kelishga majbur. Biz shahrimizning har bir tumani rivojlanishini istaymiz. Yuqori sifatli ish o`rinlari va hordiq chiqarish va ishlash shaharning har bir tumanida bo`lishiga harakat qilishimiz lozim. Shaffoflik etishmaydi. Er taqsimlanishida davlat tenderlar va buyurtmalari oydin emas. Rejalar doim o`zgaradi. Ko`rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati past. Xalqaro tajriba etarlicha o`rganilmayapti. Zamonaviy texnologiyalar sust qo`llanilmoqda”, deydi hokim.

Jahongir Ortiqxo`jaev ma`ruzasida ochiqlagan kamchiliklar ancha vaqt avval hayotimizda bo`y ko`rsatayotgan edi. Muammolarni ochiq tan olishning o`zi bir katta qadam. Ularga to`g`ri echim topish esa undan muhim. Hokim muammolarni sanab o`tish bilan birga echimlarga ham e`tibor qaratdi. Toshkent shahrini rivojlantirishning uzoq, aniq strategiyasini ishlab chiqishni taklif etdi.

    Boshqa yangiliklar