Dushanba kuni amerikalik XXXTentacion taxallusi bilan mashhur bo`lgan reper Jasey Dueyn Onfroy AQShning Florida shtatidagi Mayami shahrida halok bo`ldi, deb xabar berdi, Vesti.ru nashri.
Hodisa xonanda motosalondan chiqayotganda ro`y bergan. Noma`lum shaxs Onfroyning oldiga yugurib kelib, unga qarata o`q uzgan va reperning sumkasini olgancha voqea joyidan yashiringan.
Onfroy komaga tushgan, birozdan keyin esa Brouard okrugi huquq-tartibot idorasi xodimlari uning olamdan o`tganligini ma`lum qilgan.
XXXTentacion Florida shtatining Planteyshen shahrida 1998 yilda dunyoga kelgan. Uning 2017 yilning yozida chiqarilgan “17” nomli albomi AQShdagi Billboard 200 savdo chartida ikkinchi o`rinni egallagan edi.






