AQShda makkajo`xori dalasida yo`qolgan 3 yoshli qizchani yorkshir tereri qidirib topdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Missuri shtati polisiyasi 14 iyun kuni bedarak yo`qolgan Remi Elliotni qidirishga kirishdi. Huquq-tartibot idorasi xodimlarining bergan ma`lumotiga ko`ra, qizcha Kulin shahridagi uyidan chiqib ketgan. Qizchani qidirish uchun vertolyot jalb etilganligiga, tuni bilan qidiruv ishlari olib borilganligiga qaramay, hech qanday natija bo`lmadi.
Ertasi kuni ko`ngillilar uy yaqinida joylashgan makkajo`xori dalasida qidiruv ishlarini davom ettirishdi. Qizchani bezovta hurgan it topib berdi. Uch yoshli Remi Elliot chivin chaqqanligini hisobga olmaganda, hech qanday shikast olmagan.






