AsosiyDunyo

105 yoshli ayol uzoq yashash siri bilan o`rtoqlashdi

'105 yoshli ayol uzoq yashash siri bilan o`rtoqlashdi'ning rasmi

AQShning Florida shtatida yashovchi 105 yoshli Xelen Graner bergan intervyusida bir asrdan ortiq yashashiga nima sabab bo`lganligini ma`lum qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Uning aytishicha, ayol bir umr “hayotdan lazzatlanib yasha” shioriga amal qilgan. Xelen hech qachon 105 yoshga kirishi mumkinligini xayoliga ham keltirmagan, chunki bu uning oilasi uchun juda noyob hodisa. Ayolning qarindoshlari orasida hech kim uzoq umr ko`rmagan.

“Yoshligimda tamaki chekkanman, pivo ichganman. Ammo raqsga tushishni juda yaxshi ko`rardim. Qimor o`yinlariga qiziqishim kuchliligini bilgan turmush o`rtog`im hech qachon Las-Vegasga yubormasdi. U vafot etgandan keyingina Las-Vegasga bordim”, deb xotirlaydi Xelen.

Biroq tadqiqotlarga ko`ra, Xelen sanab o`tgan holatlarning birortasi uzoq umr ko`rishga sabab bo`lolmaydi, aksincha ularning hammasi sog`likka jiddiy zarar etkazadi.

Xelen Graner o`tgan juma kuni o`zining 105 yoshlik tavallud ayyomini yaqinlari, qarindoshlari davrasida nishonladi.

    Boshqa yangiliklar