AsosiyDunyo

So`nggi 9 yil davomida Tailandda ilk marotaba o`lim jazosi qo`llandi

'So`nggi 9 yil davomida Tailandda ilk marotaba o`lim jazosi qo`llandi'ning rasmi

Tailandda 2009 yildan beri ilk marotaba jinoyatchiga nisbatan o`lim jazosi qo`llandi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Dushanba kuni Bangkokning Bang Kuang markaziy qamoqxonasida, o`lim jazosiga mahkum etilganlar saqlanadigan alohid blokda jinoyatchiga o`limga olib keluvchi in`eksiya qilindi.

Qatl etilgan 26 yoshli Tailand fuqarosi bo`lgan jinoyatchi 2012 yilda 17 yoshli talaba qizga 24 marotaba pichoq urgan. Qotil qizning uyali aloqa telefoni va hamyonini olib voqea joyidan qochib ketgan. Biroq oradan bir necha soat o`tmasdan polisiyachilar uni qo`lga olgan edi. Sud unga o`lim jazosini tayinladi, mazkur jazoni Tailandning appelyasiya va oliy sudi ham tasdiqladi.

Tailandda 2003 yilga qadar o`lim jazosi otish orqali amalga oshirilib kelgan. 2003 yildan keyin esa o`limga olib keluvchi in`eksiya qo`llana boshlandi.

    Boshqa yangiliklar