Buyuk Britaniyada daydi mushuk to haydovchi uni topib olguncha, mashina radiatorining ustida 120 kilometr yo`l bosdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Mashina rulini boshqargan Stiven Keyn oilasi bilan dengizda dam olish uchun 120 kilometr yo`l bosgandan keyingina mushukni topdi. “Uni ko`rib qolganim yaxshi bo`ldi. Mushuk bu erga qanday qilib kirib qolganiga hayronman”, dedi Stiven.
Shundan keyin Stiven qo`rqib ketgan mushukni qutqarish uchun hayvonlarni vahshiyona munosabatlardan himoya qiluvchi Qirollik hamjamiyati vakillarini chaqirdi. Avtomexaniklar yordamida mashinaning fara va bamperlari echildi. Mushuk ochlikdan holsizlanib qolgan edi. Vakillar uni qutqarish uchun jarohatlangan dumini kesishga majbur bo`lishdi.
Stiven Keyn mushukka Ford Focus avtomobili sharafiga Ford, deb nom berdi. Uning akasi agar mushukning egasi chiqmasa, o`zi boqib olishga tayyor ekanligini bildirdi.






