Yaqinda xorij telekanalaridan biri orqali axborot dasturini tomosha qilayotgan edim, kichik qizim, “Ada, qarang, O`zbekiston bayrog`ini ko`rsatishayapti” dedi. Xaqiqatan, xam qandaydir anjuman munosabati bilan Nyu-Yorkdagi BMT qarorgoxi ko`rsatilayotgan edi. Shunda tenglar ichra teng O`zbekkistonning bayrog`i yaqqol ko`zga tashlandi. Birinchidan, o`quvchi qizimning mamlakkatimiz bayrog`iga bo`lgan ehtiromi, ikkinchidan mustaqil yurtimizning bayrog`i yuksak qarorgoxda xilpirab turishi ko`nglimni tog`dek ko`tarib, “kecha kim edi-gu, bugun kim bo`ldik” degan savolni o`z-o`zimga berib, qalbimda o`zgacha g`urur va iftixor jo`sh urdi.
Kim edigu kim bo`ldik?
Xaqiqatan xam, 23 yil avval kim edik? Qizil imperiya matbuotida, televideniesida xalqimiz muntazam ravishda tahqirlanayotgan, kamsitilayotgan, boqimanda tamg`asi yopishtirilayotgan davrlar yodimizdan ko`tarilgani yo`q. O`shanda “mustaqil bo`lsang, uzoqqa bormaysan, o`z kuningni o`zing ko`raolmaysan” deyilmaganmidi? Mana mustaqil bo`lganimizga 23 yil bo`ldi. Mustaqilligimizning har bir yili Vatanimiz solnomasiga yorqin sahifa bo`lib kirdi. O`tgan yillar davomida xalqimiz mustaqillikning naqadar aziz ne`mat ekanini anglab etdi va istiqlolni ko`z qorachig`idek asrash zarurligini chuqurroq his etdi.
Jonajon O`zbekistonning bugungi jamolini o`tmishiga qiyoslab bo`lmaydi. Istiqlol yillarida mamlakatimiz iqtisodiyoti jadal rivojlanib, xalqimiz turmush farovonligi yuksaldi. Bularni avvallari tassavvur qilishning imkoni xam yo`q edi. Eng asosiysi mustaqillik yillarida xalqimiz dunyoqarashi, ongu tafakkuri o`zgardi. Tevarak-atrofga, mehnatga, hayotga boshqacha munosabatda bo`la boshladik.
Bu kunlarga etganlar bor...
Birgina misol avvallari Xindiston poytaxti Dexliga bormoqchi bo`lsak, avval Moskvaga borib, u erdan samolyotda yana Toshkentga kelib, so`ng Dexliga uchilardi. Endilikda “O`zbekiston xavo yo`llari” aviakompaniyasi samolyotlari dunyoning barcha yirik shaxarlariga to`g`ridan to`g`ri parvoz qilmoqda. Avikakompaniya parki zamonaviy samolyotlar bilan to`ldirilgan va bu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiyotning qon tomiri bo`lmish temir yo`l tizimida xam asrlarga tatiguylik ishlar qilindi. Xalqimizning fidokorona mehnati ulkan bunyodkorlik salohiyatining amaliy namoyishi bo`lmoqda. Zamonaviy uylarda istiqomat qilayotgan xalqimiz vakillarining o`zimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni boshqarayotgani xam ko`ngillarimizni tog`dek ko`tarmoqda.
Xalqimiz o`zining qadrini bildi. Al Xorazmiy, Al-Farg`oniy, Al Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug`bek kabi buyuk zotlarning, Amir Temur singari buyuk davlat arboblarining avlodi ekanimizni, tarixda hech kimdan kam bo`lmaganimizni va kelajakda xam kam bo`lmasligimizni to`la anglab etdik. Shu o`rinda, xorij diplomatlaridan birining “O`zbekiston –poytaxt shaxarlar mamlakati” degan so`zlarida jon bordek. Diplomatning aytishicha, tarixda bizning xalqchalik xech bir xalq buyuk davlatlar tuzmagan ekan. Mamlakatimizning barcha yirik shaxarlari qadimda u yoki bu mamlakatning poytaxti bo`lganini eslab o`tishning o`zi kifoya. Shu o`rinda O`zbekiston davlat Gimnidagi “Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon, olamni maxliyo aylagan diyor” degan satrlar bir-bir xayolimizdan o`tadi.
“Yagonasan, mustaqil Vatanim...!”
Erkin va farovon hayotimiz g`urur-iftixorimiz timsoliga aylandi. Bularning xammasi istiqlol sharofati, Prezidentimiz yuritayotgan oqilona siyosat samarasidir. Tinchlik barqaror bo`lgan joyda taraqqiyot bo`ladi. Xalqimiz erishayotgan bunday yutuqlar, hayotimizdagi yuksalish mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik mevasidir. Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda, O`zbekistonimiz mustaqil taraqqiyot yo`lida qanday ulkan, boshqalarning havasini tortadigan yutuq va marralarga erishgan bo`lsa, bularning barchasining negizi – yurtimizda tinch va osuda hayotni, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, o`zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni asrab-avaylab kelayotganimizdadir.
Shularni o`ylar ekanman, “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go`zal O`zbekistonim” degan so`zlarni qo`rqmasdan, bemalol aytadigan kunlar kelganiga shukronalar aytamiz.
Sharofiddin To`laganov





