AsosiySport

Ispaniya Eron ustidan rikoshet gol evaziga g`alaba qozondi

'Ispaniya Eron ustidan rikoshet gol evaziga g`alaba qozondi'ning rasmi

JCh-2018 "B" guruhining 2-turidan o`rin olgan Eron - Ispaniya uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuvning 54-daqiqasida Diego Kosta tomonidan kiritilgan yagona gol Ispaniya terma jamoasiga kichik hisobdagi, lekin muhim g`alabani taqdim etdi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

Uch ochkoga ega bo`lib turgan Eron terma jamoasida ham keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi.

JCh-2018. "B" guruhi, 2-tur

Eron - Ispaniya 0:1

Gol: Kosta (54)

Eron – Beyranvand, Puraliganji, Xosseyni, Rezayan, Xojsafi (Moxammadi, 69), Ezzatollaxi, Ebraximi, Amiri (Goddos, 86), Ansarifard (Jahonbaxsh, 74), Azmun, Taremi.

Ispaniya
– De Xea, Pike, Alba, Karvaxal, Ramos, Buskets, Inesta (Koke, 71), Isko, Vaskes (Asensio, 80), Silva, Diego Kosta (Rodrigo, 89).

Bosh hakam: Andres Kunxa (Urugvay)

Ogohlantirishlar: Amiri (79), Ebraximi (90).

Boshqa yangiliklar