21-25 iyun kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida shaxmatning tezkor va blis yo`nalishlari bo`yicha jahon chempionati bo`lib o`tadi, deb xabar bermoqda Olamsport nashri.
Musobaqa 8,10 hamda 12 yoshgacha bo`lgan o`smir va qizlar o`rtasida tashkil etiladi. Jahon chempionatida Sevara Boymurodova boshchiligidagi jami 9 nafar yosh shaxmatchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Hozirgina terma jamoamiz delegasiyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Belarusning Minsk shahriga jo`nab ketdi.






