Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning fikricha, uning echki soqoli jamoasiga jahon chempionatida omad keltirar ekan.
"Echki soqolim? Bu Ispaniyaga qarshi o`yindan oldin hazil edi. Terma jamoadagi do`stlarimga ispanlarga gol ursa uni qoldirishimni aytgan edim. Omadim keldi, o`sha bahsda va kecha gol urdim. Soqolimni JCh-2018 oxirigacha qoldiraman, chunki u omad keltiradi" - deydi Ronaldu.