Mashhur rok-n-rolla qiroli Elvis Preslining nabirasi model Rayli Kio va uning sevimli kishisi aktyor Aleks Pettifer oila qurishmoqda. Bu haqda acmb.ru nashri xabar bermoqda.
Rayli Elvis Preslining qizi Liza-Mariya Presli va qo`shiqchi Denni Kiolarning oilasida dunyoga kelgan.
Shunga qaramay u ota-onasi kabi qo`shiqchi emas, model bo`lishga erishdi. To`y sanasi omma e`tiboriga havola etilmayapti, biroq yoshlar qo`lidagi uzuklar uzoq kutilgan to`y yaqin orada bo`lib o`tishiga ishora bo`lishi mumkin.