Rossiyada o`tayotgan futbol bo`yicha Jahon chempionatining 1-tur o`yinlari nihoyasiga etdi. “A” guruhidan chorak finalga chiquvchi ikki jamoaning nomi ma`lum bo`ldi – Rossiya va Urugvay.
“A” guruhi. 2-tur. 20 iyun
Rossiya terma jamoasi bir kun muqaddam ochkolarini oltitaga etkazib olib, turning ikkinchi o`yinini xotirjam kutayotgandi. Autsayder – Saudiya Arabistonini mag`lubiyatga uchratgan Urugvay guruhdagi masalaga uzil kesil nuqta qo`ydi. Peshqadamlarning o`zaro uchrashuvida guruh g`olibining nomi aniqlanadi xolos. Rossiyani bu o`yinda durang natija ham qanoatlantiradi.
URUGVAY – SAUDIYa ARABISTONI - 1:0. Rostov-na-Don. «Rostov-Arena» stadioni.
Bosh hakam: Klement Turpin (Fransiya)
Urugvay: Muslera, Ximenes, Kaseres, Varela, Godin, Sanches (Nandes, 82), Vesino (Torreyra, 59), Bentankur, Rodriges (Laksalt, 59), Kavani, Suares.
Saudiya Arabistoni: Al-Uvays, Xausaui, Al-Shaxrani, Al-Breyk, Al-Bulayxi, Al-Djassim (Al-Mogaui, 44), Otayf, Al-Faradj, Al-Dosari, Baxebri (Kanno, 75), Al-Muvallad (Al-Saxlaui, 78).
Gol: Luis Suares (23)
"B" guruhi, 2-tur. 20 iyun.
Guruhdagi vaziyat bu turdan keyin yanada chigallashdi. Endilikda bir yo`la uchta jamoa ikki yo`llanma uchun teng imkoniyatga ega. Muddatidan oldin Rossiyani tark etishi ma`lum bo`lib ulgurgan Marokashga qarshi oxirgi turni o`tkazadigan ispanlarning imkoniyati yuqoridek ko`rinadi. Lekin, futbolda to`p yumaloq, maydon tekis degan ibora bejiz paydo bo`lmagan. Mazkur uchta jamoadan istagani chorak finaldan mosuvo bo`lishi hech gap emas. Eronning Ispaniyaga qarshi o`yinidan shuni xulosa qilish mumkinki, Kayrush Keyrush shogirdlari portugaliyaliklar uchun ham chinakam “boshog`rig`i” bo`lishi ehtimoli yo`q emas. Eronliklar mundialda imkon qadar yuqoriroq borishga intilayotganliklaridan ularning ham maqsadi yuqori ekanligini ishonch hosil qilyapmiz. E`tiborli jihati, Eronning Ispaniyaga qarshi o`yinini boshqargan urugvaylik Andres Kunya mazkur o`yini bilan mundialdagi ikkinchi uchrashuvni boshqargan yagona hakam bo`lib turibdi.
PORTUGALIYa – MAROKASh - 1:0. Moskva. "Lujniki" stadioni.
Bosh hakam - Mark Geyger (AQSh).
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Moutinyu, Vilyam Karvalyu, Gonsalu Gedesh, Bernardu Silva (Jelson Martinsh, 59), Joau Mariu (Brunu Fernandesh, 70), Ronaldu.
Marokash: Muhamaedi, da Koshta, Benatiya, Hakimi, Dirar, Belxanda (Karsela-Gonsales, 75), Bussufa, Ziesh, Al-Ahmadi, Amrabat, Butaib (Al-Kaabi, 69).
Gol: K.Ronaldu (4).
Ogohlantirish: M.Benatia (40).
ERON – ISPANIYa - 0:1. Qozon. “Qozon arena” stadioni.
Bosh hakam: Andres Kunya (Urugvay)
Eron: Beyranvand, Puraliganji, Xussayni, Rezayan, Xajsafi (Muhammadi, 69), Izzatillaxi, Ibrohimi, Amiri (Goddos, 86), Ansarifard (Jahonbaxsh, 74), Azmun, Taremi.
Ispaniya: De Xea, Pike, Alba, Karvaxal, Ramos, Buskets, Inesta (Koke, 71), Isko, Vaskes (Asensio, 80), Silva, Diego Kosta (Rodrigo, 89).
Gol: Kosta (54)
Ogohlantirishlar: Amiri (79), Ibrohimi (90).






