Toshkent shahrining Nukus ko`chasida noodatiy piyodalar yo`lakchasi paydo bo`ldi, deb yozmoqda "Xalq so`zi” nashri.
Nukus ko`chasining Mirobod bozori tugagan qismidan Rossiya elchixonasiga ketuvchi piyodalar yo`lagiga antiqa ko`rinishdagi maxsus arkalar o`rnatib chiqilgan.
"Ma`lumotlarga ko`ra, bunday noyob ko`rinishdagi piyodalar yo`lakchasini chet elda, jumladan AQShda uchratish mumkin. Ular kechki payti maxsus chiroqlar yordamida yoritiladi. Bizga yuborilgan surat kunduzi olingani bois, hozircha uning qanday yorug`lik bilan ta`minlangani ma`lum emas", - deyiladi xabarda.