2018 yil 19 iyun kuni internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tuman prokurori D.Madirimovning tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati va “Xorazm dori-darmon” MChJ raisi nomiga ayrim dori vositalarni sotuvdan olib tashlash choralarini ko`rish to`g`risida yo`llagan topshiriq xatining tasviri tarqalgandi.
Xorazm viloyat prokuraturasi Urganch tuman prokurori D.Madirimovning mazkur xatining mazmuni xato ifodalanganligi uning mazmunini turli tarzda noto`g`ri talqin qilinishiga sabab bo`lganligi to`g`risida xabar berdi.

Bosh prokuratura bergan bayonotda qayd qilinishicha, xatning mazmuni yanglish ifodalanganligi sababli, u hozirda yuridik kuchga ega emas, ushbu topshiriqqa asosan yuqorida qayd etilgan dori vositalarini sotuvdan olib tashlash bo`yicha hech qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmagan.
Ta`kidlanishicha, Xorazm viloyat prokuraturasi internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan noto`g`ri axborot uchun fuqarolardan uzr so`raydi. Hozirda Urganch tuman prokurori D.Madirimovga nisbatan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda va natijalariga ko`ra unga nisbatan tegishli chora ko`rilishi aytilgan.






