AsosiyJamiyat

Fotoreportaj: "Tashkent-Sity"da qurilish ishlari qanday ketyapti?

'Fotoreportaj: "Tashkent-Sity"da qurilish ishlari qanday ketyapti? 'ning rasmi

O`zbekiston poytaxti Toshkent shahrida yirik qurilish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Shu yil boshida poytaxtimizning qoq markazida mazkur loyiha bo`yicha “Tashkent-Sity” shahar ichida dunyo standartlari darajasidagi har tomonlama mukammal va noyob ko`rinishdagi binolardan tashkil topgan shaharcha bunyod bo`lishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda hokimlik matuot xizmati.

Shaharcha 90 gektardan ortiq maydonda joylashgan bo`lib, asosiy loyiha chizmalariga ko`ra, 8 ta lot, ya`ni alohida maydonlarga bo`lingan. Ma`lum bo`lishicha bu erda elit mehmonxona va ofislar uchun biznes markazlaridan tashkil topgan 6 ta baland bino, shuningdek aholi yashovchi turarjoy binolari hisoblanuvchi 20ga yaqin qurilish inshootlari mavjud bo`ladi. Osmono`par binolar 22dan 43 qavatgacha tashkil topishi kutilmoqda.

Aytish joizki, O`zbekistonda bunday balandlikdagi imorat ilk marotaba aynan “Tashkent-Sity”da bunyod bo`ladi. Qayd etish kerakki, asosiy loyiha o`z tasdig`ini topgan bo`lsa-da, 8ta lotning faqatgina 1-, 5-, 7-lotlari arxitektura ko`rinishi bo`yicha mutaxassislar tasdig`ini olgan. Qolganlariga yana o`zgartirishlar kiritilishi mumkin. O`zgacha ko`rinish va qulayligi bo`yicha har tomonlama mukammal bo`lgan bino loyihalarida, asosan, Turkiya, Italiya kabi xorijiy hamkorlar bilan birga ish olib borilmoqda.

5-lot bosh arxitektori Erkadir O`zdemir bilan bo`lgan suhbatda bizga shunday dedi:

“6 oy davomida jadal ishlar olib borilayotgan mazkur loyihani avvalo tanlab olgunimizcha ancha vaqt ketdi. Bu juda murakkab masala. Zero, biz ko`zda tutgan “Tashkent-Sity ” shaharchasidagi har bir bino o`zining takrorlanmas, zamonaviy ko`rinishda va har tomonlama qulay, zamon talablariga mos, innovasion yutuqlariga ega bino bo`lishi shart.

Avvalo, qog`ozlardagi chizmalar o`z tasdig`ini topgach maketlarga ko`chirildi. Uning ham ustida ishlab bo`lingach esa chizmalarni reallikka olib chiqish uchun qurilish ishlarini boshladik.Shaxsan men 1997 yil O`zbekistonga kelgan bo`lsam, mazkur ish olib borgan loyihalarim orasidagi eng murakkabidir. Shundan bo`lsa kerak, mas`uliyat va hayajonni sezyapman.

Birgina ana shu 5-lotdagi ish jarayonini kuzatadigan bo`lsak, bu erda kunduzi 730, kechki smenada 220 nafardan ziyod quruvchi ish olib borishmoqda. Quruvchilar uchun sharoitlar muhayyo etilgan. Tibbiyot punkti, 600 o`ringa mo`ljallangan oshxona bo`limi, omborxona maydoni, xavfsizlik qismlari ishchilar xizmatida.

Rahimjon Mahkamov, quruvchi:

– Ushbu qurilishda 6 oydan beri ishlayapmiz. Hozirda beton quyish ishlari yakunlandi. Ishchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Poytaxtimiz hayotida bo`layotgan bu o`zgarishlarda, ya`ni shunday yirik loyiha bunyodkorligida aynan men ham ishtirok etayotganimdan baxtiyorman.

4b6f91ba-2a89-4c3d-8090-dc2d4d95ab92.jpg

6dc34be0-e10c-4eb2-9d7a-3dc04a1c5896.jpg

675cdbde-82be-432f-9f58-0c4d4ad3640a.jpg

9082a190-19b4-443d-a21f-758f77049389.jpg

beeb5c18-280e-4731-8ad4-11b933e472f1.jpg

ce5c3505-ba5a-4163-860b-dcdf25ef53e9.jpg

eaf6f657-0876-4cb8-8a65-3d506a49e749.jpg

    Boshqa yangiliklar