AsosiyDunyo

Hindiston aholisi suv toshqinlaridan aziyat chekmoqda

'Hindiston aholisi suv toshqinlaridan aziyat chekmoqda'ning rasmi

Hindistonning ko`plab hududlarida aholi vakillari suv toshqinlaridan aziyat chekishmoqda, deb xabar berdi TASS nashri.

Shu kunlarda mamlakatda davom etayotgan muson mavsumi katta talofatlar keltirib chiqarmoqda. Ma`lumotlarga qaraganda, Hindistonga Bangladesh orqali oqib o`tuvchi Braxmaptur daryosi o`zanidan toshib ketgan. Bu esa Assam shtatidagi 1500 dan ziyod shaharcha va qishloqlarnisuv yuvib ketishiga olib keldi. Ayrim uylar suv ostida qolgan bo`lsa, ba`zi xonadonlar butunlay vayron bo`lgan. Hisob-kitoblar 300 mingdan ziyod aholi tabiiy ofat tufayli zarar ko`rganini ko`rsatmoqda.

Bu galgi toshqin avvvalgilaridan ham ko`proq talofatlarga sabab bo`ldi.Vaziyatni yaxshilash uchun zudlik bilan choralar ko`rish kerak.Qutqarish xizmati tinimsiz ish olib bormoqda. Afsuski, tabiiy ofatni to`xtatishga qarshi chora ko`ra olmaymiz.

Aholiga yordam ko`rsatish jarayoniga yana 10 ta ko`ngillilar guruhi kelib qo`shildi. Toshqinlar shu vaqtga qadar Assam,Tripura, Manipurshaharlarida 20 kishini o`limiga olib kelgan.

    Boshqa yangiliklar