AsosiyJamiyat

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga qabul kvotalari belgilandi

'Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga qabul kvotalari belgilandi'ning rasmi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kirishi hamda quyidagi yo`nalishlar mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasi oshirishni ta`minlaydigan asosiy oliy ta`lim muassasasi hisoblanishi belgilab qo`yildi:

  • xalqaro iqtisodiyot va menejment;
  • xalqaro munosabatlar va siyosiy fanlar;
  • xalqaro ommaviy va xususiy huquq;
  • gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati.

Universitetning Boshqaruv instituti va Diplomatik kurslari tugatilib, ularning negizida Universitet huzurida Oliy diplomatiya maktabi tashkil etildi.

2018/2019 o`quv yilidan boshlab:

  • Universitetning bakalavriat yo`nalishlari bo`yicha ta`lim olish muddati to`rt yilni tashkil etadi.
  • Universitetning barcha bakalavriat yo`nalishlari bo`yicha o`qishga qabul chet tili, matematika/tarix, ona tili va adabiyot fanlari bo`yicha davlat test sinovlari yakunlari asosida amalga oshiriladi;
  • abiturientlar uchun dastlabki imtihondan o`tish tartibi joriy etildi;
  • Universitetning magistratura yo`nalishlari bo`yicha ta`lim olish muddati ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta`lim oluvchilar uchun bir yilni, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta`lim oluvchilar uchun ikki yilni tashkil etadi;
  • magistraturaga qabul belgilangan tartibda mutaxassislik yuzasidan yozma imtihonlar va chet tili bo`yicha imtihon topshirish orqali amalga oshiriladi.

Universitetning bakalavriatiga talabalarni qabul qilish kvotasi 150 kishi (shu jumladan, davlat grantlari bo`yicha 30 kishi), magistraturasiga 50 kishi (shu jumladan, davlat grantlari bo`yicha 10 kishi) etib belgilandi.

2018 yil 1 iyuldan Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi xodimlarga uzoq yillik xizmati va diplomatik ranglari uchun oylik maoshlariga qo`shimcha haq Universitet va Oliy maktab xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.

    Boshqa yangiliklar