"Islom davlati” terrorchilik guruhining 14 nafar a`zosi Turkiya o`tkaziladigan prezidentlik va parlament saylovlarida qo`poruvchilikka tayyorgarlik qilishda gumon qilinib, qo`lga olindi.
Xabarda qayd etilishicha, ehtimoliy terrorchilar mamlakatning huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Turkiya poytaxti Anqaraning bir necha manzillarida o`tkazilgan reydlarda qo`lga olingan. Ularning bari chet el fuqarolari.
Eslatib o`tamiz, joriy yilning 24 iyun sanasida Turkiyada muddatidan ilgari prezidentlik saylovi o`tkaziladi. Nomzodlar 6 nafar. Bular amaldagi prezident Rejep Erdo`g`on (Mamlakatning hukmron partiyasidan) Muharram Inje (Xalq-Respublikasi muxolifat partiyasidan), Salohiddin Demirtosh (Kurd xalq demokratik partiyasidan), Meral Akshener (Yaxshilar partiyasidan), Temelya Karamollaog`lu (Baxt partiyasidan), Dog`u Perincheka (“Vatan” partiyasidan). Shuningdek, ayni sanada parlament saylovlari ham bo`lib o`tadi.
22.06.2018 07:55
Turkiyada saylovoldi terrorchilik harakatlariga tayyorlanayotgan IShID a`zolari qo`lga olindi






