AsosiySport

Mundial kundaligi: mag`lubiyat – uyga qaytish degan gap

'Mundial kundaligi: mag`lubiyat – uyga qaytish degan gap'ning rasmi

Bugun eng qiziqarli bahslarning guvohi bo`lamiz.

Braziliya – Kosta-Rika

Mundial favoritlaridan biri hisoblangan braziliyaliklar dastlabki turda ochko yo`qotishgandi. Shuningdek, Kosta-Rika terma jamoasi ham g`olib bo`lishmagan. Ikkala jamoa ham keyingi bosqichga chiqish uchun g`olib bo`lishlari talab etiladi. Ushbu o`yin mana shu jihatlari bilan ham qiziq bo`lishi kutilyapti. Mag`lubiyat uyga qaytish degan gap. Sankt-Peterburgda o`tkaziladigan o`yinga Byorn Keypers boshchiligidagi hakamlar guruhi tayinlangan. O`yin soat 17:00dan boshlab efirga uzatiladi.

Nigeriya – Islandiya

“D” guruhidagi eng qiziqarli o`yin soat 20:00da boshlanadi. Afrikaliklarni faqat va faqat g`alaba qanoatlantiradi. Evropaliklarga ham shu kerak. Jamoalar keyingi bosqich yo`llanmasini ushbu turda hal qila olishmasa, 3-turda jiddiy raqiblar kutib turibdi. Volgograd arenadagi o`yinga bosh hakam sifatida Mattev Konger tayinlangan.

Serbiya – Shvesariya

Ushbu o`yindan avval serblarda uch, shvesariyaliklarda esa bir ochko mavjud. “E” guruhida bitta favorit bor deganlar adashgandek ko`rinyapti. Boisi Petkovich shogirdlari 1-turda janubiy amerikaliklarga jiddiy raqib bo`la oldi. Endi ulardan muhlislar g`alaba kutyapti. Serblarda esa bir oz xotirjamlik hukmron. Aleksandr Kolarov sardorlik qilayotgan terma jamoa hozircha guruh peshqadami. Keyingi turda ularni Braziliya kutayotganini inobatga oladigan bo`lsak, ular ham g`alaba uchun maydonga chiqishadi. Uchrashuvga Felix Brix boshchiligidagi hakamlar tayinlangan. Kaliningrad arenadagi o`yin soat 23:00dan boshlab namoyish qilinadi.

Boshqa yangiliklar