Mamlakatda chiqindilar bilan bog`liq muammo tobora jiddiylashib bormoqda, deb xabar berdi TASS nashri.
Avstraliyaning orolbo`yi maydonlaritobora chiqindilarga to`lib borayotgani hukumatni jiddiy tashvishga solmoqda.Sohilda o`tkazilgan tozalash ishlarida bir kunning o`zida 800 kg axlat uyumi to`plangan.Biroq oradan 48 soat o`tgach, aynan shu hududlardanyana 700 kg chiqindilar yig`ildi. Xabarlarga ko`ra,Hind okeanidan plastik chiqindilar oqib kelib, sohilga yig`ilgan. Ularni suvdan olib chiqish hamda sohilga to`plash jarayonida mas`ullardan tashqari, ko`ngillilar guruhi ham ishtirok etmoqda.
Odamlar tomonidan foydalanib bo`linganplastmassa buyumlar atrof-muhitga juda katta zarar etkazyapti. Har kuni okeanga minglab, ehtimol millionlab elim idishlar uloqtiriladi.
Hozirda Avstraliyadagi supermarketlarda plastik xaltalardan foydalanishni qisqartirish choralari ko`rilmoqda. Butun mamlakat bo`ylab do`konlarda bepul paketlarni taqdim etish to`xtatildi. Ma`lumotlarga ko`ra, har yili okeanga 8 tonna chiqindilar tashlanadi va buning natijasida dengiz jonivorlari halok bo`ladi.






