AsosiyDunyo

Indoneziyada kemada halok bo`lganlar soni tobora ortib bormoqda

'Indoneziyada kemada halok bo`lganlar soni tobora ortib bormoqda'ning rasmi

Indoneziyaning Sumatra orolidabir necha kun avval kema halokatga uchragan edi, deb xabar berdi TASS nashri.

Xabarlarga ko`ra, voqea oqibatida bedarak yo`qolganlar sonitobora ortib bormoqa.

VoqeaSumatra orolining Toba ko`lida ro`y bergan. Fojea oqibatida avvaliga 115 kishi yo`qolgan, deb xabar qilingan bo`lsa, hozirga kelib,deyarli 200 kishi bedarak yo`qolgan, deb e`lon qilindi.

Ushbu ma`lumot paromning bortida bo`lgan odamlarning oila a`zolari tomonidan berilgan arizalarga ko`ra aniqlangan. Halokat chog`ida kema bortida bo`lgan odamlarning aniq soni noma`lumligicha qolmoqda.Sababi ko`pchilik kemaga chiptasiz chiqqan. Aslida esa u 48 nafar yo`lovchiga mo`ljallangan. Halokat sabablari aniqlangani yo`q.

Biroq fojeaga kemaga haddan ziyod odam chiqqanligi sabab bo`lgan, degan taxminlar bor. Omon qolgan 18 kishi esa ko`lda kuchli shamol turib, havo yomonlashganini ta`kidlashmoqda.Qidiruv- qutqaruv ishlari davom etmoqda. Ko`lning chuqurligi 450metr bo`lib, noqulay sharoit sabab uning tubigacha etishning iloji bo`lmayapti.

    Boshqa yangiliklar