Jahonning bir qator mamlakatlarida bu yil ham ushbu marosim ommaviy tarzdanishonlandi.
Xalqaro yoga kuni BMT tomonidantinchlik va hamjixatlik ramzi sifatida rasmiy tadbir, deb e`lon qilingan.Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida marosimni nishonlash uchun minglab odamlar to`planishdi. Kun davomidamashg`ulotlar ommaviy tarzda o`tkazilgan.
“Yogasog`lom hayot kechirishgava inson ruhiyatining xotirjam bo`lishiga yordam beradi. Braziliyada yoga so`nggi yillarda keng tarqalib bormoqda. Ko`pchilik uning foydali jihatlarini sezganligi sabab guruhlarimizga kelib qo`shilmoqda”, dedi tadbir ishtirokchilaridan biri.
Shu kabi tadbirlar AQShning Nyu-York shahrida ham bo`lib o`tdi. Bu erda marosimda qatnashish uchun 12 ming kishi ro`yxatdan o`tgan.Sog`lom turmush tarzi tarafdori bo`lganlar bir kunlarini yoga bilan shug`ullanishga sarflashdi.Shuningdek, Hindiston va Osiyoning bir nechta mamlakatlarida ham yoga kuni keng tarzda nishonlandi.






