AsosiyDunyo

Turkiyada prezident saylovlariga tayyorgarlik so`nggi bosqichga etdi

'Turkiyada prezident saylovlariga tayyorgarlik so`nggi bosqichga etdi'ning rasmi

Turkiyada 24 iyun kuni bo`lib o`tadigan prezident saylovlariga tayyorgarlik so`nggi bosqichga etdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

24 iyun kuni bo`lib o`tadigan saylov jarayoni oldidan barcha nomzodlar mamlakatning turli hududlarida o`z tarafdorlari bilan uchrashishmoqda. Amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo`g`on ham so`nggi uchrashuvini o`tkazdi. U Izmirda yuz minglab odamlar bilan uchrashib, uni qo`llab- quvvatlashlarini so`radi.

Toyyib Erdo`g`on o`tgan yilgi referendumdator doiradaprezidentlikka tasdiqlangan edi. Biroq tahlilchilarbu galgi saylov Turkiya tarixidagi eng shiddatlisi bo`lishini ta`kidlashmoqda. Uning raqiblari ham joylarda bo`lib, tarafdorlariniovoz berish jarayonida faol bo`lishga chaqirishdi.

16 yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan amaldagi prezidentningasosiy raqibi deb Respublika Xalq partiyasidan nomzodMuhharem Unje baxolanmoqda.Hozirda butun mamlakat bo`ylabsaylovpunktlari tashkil etilgan va unda ishtirok etuvchi fuqarolarga chaqiruvlar yuborilgan. Xorijda istiqomat qiluvchi turklar esa allaqachon muddatidan oldin ovoz berishni boshlashdi.

    Boshqa yangiliklar